O’zbekiston Respublikasi prezidentinig 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xonqa tumanida “RED STAR OXUS” MCHJ tomonidan zamonaviy issiqxona tashkil etish vazifasi berilgan edi. Ushbu topshiriqga asosan Xorazm viloyati Xonqa tumanidan loyihani amalga oshirish uchun 17 gektar yer maydoni ajratib berildi. Loyihaning umumiy qiymati 35 million dollar bo’lib, shundan 8 million dollari tashabbuskorning o’z mablag’lari, hamda 27 million dollari bank krediti hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar, loyihaning dastlabki bosqichiga bank tomonidan 7 gektarda zamonaviy issiqxona tashkil qilish uchun “Landesbank” kredit liniyasi hisobidan 14 million dollar miqdorida kredit mablag’lari ajratildi. Gollandiyaning “Kubo Greenhouse Project B.V.” kompaniyasidan issiqxona uskunalari olib kelindi. Issiqxona zamonaviy tipdagi 5-avlod gidroponika uskunalari bilan jihozlangan. Kompleks avtomotik ultra klimat boshqaruv tizimiga ega va issiqxona tashqi tomonidan to’liq ikki qavatli shishapaket bilan qoplangan. Uglekisliy gaz bilan ishlovchi sovutish uskunasi, issiqxona ichki haroratining yil davomida mavsum tanlamasdan bir xil darajada saqlanishni taminlaydi. Kompleksda mahsulotni tun-u-kun bir xil yorug’lik bilan taminlash imkoniyati mavjud.
Mahsulot yetishtirishdan to tayyor mahsulotni yuklagunga qadar eng yuqori darajada bio-havfsizlik qoidalariga rioya etiladi. Yetishtirilgan mahsulotlarni jahon standartlariga javob beradigan eng so’nggi zamonaviy avtomatik kompyuterlashgan mahsulot saralash va qadoqlash jamiyatning asosiy maqsadidur. Mazkur majmua, qator afzaliklari va kompyuterlashgan tizimlari bilan boshqa issiqxonalardan katta farq qiladi. Majmuada huddi shunday boshqa tipdagi issiqxonalarga nisbatan yetti barobar ko’p xosil yetishtirilib, xosil yiliga ikki marta yetishtirilishi hisobiga, yiliga 5 000 tonna mahsulot olinadi va xosilning 90% Yevropa davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Issiqxona ishga tushirilishi natijasida 200 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra loyiha 6 yilda o’zini oqlaydi. Mazkur majmua yiliga 11 mlrd so’mlik byudjet tushumlarini ta’minlaydi, shunday qilib Xorazm viloyatida markaziy Osiyodagi yagona energotejamkor yana bitta ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.





