Kompaniya haqida

“RED STAR OXUS” Ma'suliyati cheklangan jamiyati, 2018 yil 5 fevral sanasida Xonqa tuman “Yagona darcha” markazi tomonidan №567500 sonli reyestr raqami bilan yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatiga olinib,  “GARDENS KOREYM” Mas'uliyati cheklangan jamiyati nomi bilan dastlabki ish faoliyatini boshlagan.

Jamiyatning asosiy faoliyati Issiqxona tashkil qilishdan iborat  bo‘lib,  jamiyatni tuzish va uning faoliyatini ta'minlash uchun jamiyatning yakka ta'sischi AMINOV DAVLATBOY XAJIYEVICH tomonidan ustav fondi tashkil etildi.Хоразам вилояти Хонқа тумани ҳокимлигининг 2018 йил 23 май санасидаги 878Қ-сонли экин ери ажратиш тўгрисидаги қарорига мувофиқ 17 гектар экин ери ажратилди.

Dunyo miqyosida aholi sonining shiddat bilan o‘sib borishi, tabiyatning injiqliklari, suv toshqinlari, qurgokchilik natijasida ayrim mamlakatlarda qishloq ho‘jaligiga katta zarar yetib, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelmokda.               Bugungi kunda  dunyoda qishloq xo‘jaligi sohasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish va uning havfsizligi 1-darajaga ko‘tarildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab- chiqarish, zamonaviy tipdagi issiqxonalar tashkil qilish va eksportni rivojlantirish yo‘lida yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada jamiyatimiz ta'sischisi va ishchi guruh a'zolari bilan birgalikda bir qator istiqbolli loyihalar rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki bosqichda 6,1 gektar maydonda 5-avlod zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil qilish rejalashtirildi. Ushbu loyiha asosida aholini yashash tarzini yaxshilashga, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishga, yosh o‘g‘il-qizlar uchun 80 ta dan ortiq  ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

 2019 yil 3 yanvar sanasida Niderlandiya davlatining KUBO Greenhous Project B.V komponiyasi bilan qarib 13 000 000 yevro qiymatiga teng 5-avlod zamonaviy tipdagi issiqxona kompleksi tashkil qilish uchun import shartnomasi imzolandi.

2019 yil 28 mart sanasida viloyatimiz hokimi boshchiligida Niderlandiya davlatining malakali loyihachilari bilan birgalikda issiqxona qurilishiga  tamal toshi qo‘yildi.

Zamonaviy texnikalar, qurilish montaj korxonalari va malakali mutaxasis ishchilar yordamida qiska muddat ichida qurilish montaj ishlari yakunlanib,  yetishtirilgan maxsulotlarni vaqtincha saqlash uchun muzlatkichli omborxona, saralash va qadoqlash hamda  haridorlarga mahsulotlarni sifatli yetkazib berish xizmati bo‘limlariga ega  zamonaviy tipdagi issiqxona kompleksi barpo qilindi.

«GARDENS KHOREZM» Mas'uliyati cheklangan jamiyati 2020 yil 5 fevral sanasida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, jamiyatning yuridik nomi «RED STAR OXUS» Mas'uliyati cheklangan jamiyatiga o‘zgartirildi.

2020 yilning fevral sanasidan   issiqxonaning  ko‘chat yetishtirish bo‘limida dastlabki  urug‘ qadash ishlari boshlab yuborildi. 

Issiqxonada bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh, eksportbob, ekologik toza, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (pomidor, bodiring va hakozo) yetishitirish reja qilingan. Ekologik toza va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun issiqxonada zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan biolagik havfsizlik tizimi yaratilgan.

Kompaniya boshqaruvchilari

Aminov Jasur Ozodovich
Aminov Jasur OzodovichDirektor
Ruzmetov Zohid Shonazarovich
Ruzmetov Zohid ShonazarovichDirektorning moliya bo'yicha o'rinbosari
Bekmetov Maxkam Kurambaevich
Bekmetov Maxkam KurambaevichLogistika bo'yicha mutaxassis
Aminov Abdulla Davlatovich
Aminov Abdulla DavlatovichIshlab chiqarish direktorining o'rinbosari